Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloomberg: Rossiya boylari yil boshidan beri qariyb 24 mlrd. dollarga boyidi

Bloomberg: Rossiya boylari yil boshidan beri qariyb 24 mlrd. dollarga boyidi

Vladimir Potanin

Bloomberg Billionaries indeksiga kiruvchi rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 2021-yilning birinchi choragida 23,9 milliard dollarga o‘sdi.

Bu haqda Bloomberg keltirgan yangi reytingda ma’lum qilingan. 

Reytingda jami 25 rossiyalikning ismi-sharifi keltirilgan. Unga ko‘ra, Vladimir Potanin rossiyalik milliarderlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. 2021-yilning birinchi choragida uning boyligi yana 235 million dollarga ko‘payib, jami 30,3 milliard dollarga yetdi. Bu "Nornikel" egasiga dunyodagi eng boy 500 ta ishbilarmon orasida 43-o‘rinni egallashga imkon berdi.

NOVATEK rahbari Leonid Mixelson ruslar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi (umumiy ro‘yxatda 47). Uch oy ichida u topgan 4,27 milliard dollari reytingga kiritilgan rossiyalik tadbirkorlar uchun rekord bo‘ldi. Mixelsonning umumiy boyligi 29 milliard dollarga baholanmoqda.

Keying pog‘onaga Vladimir Lisin 26,4 milliard dollar bilan joylashdi  (reytingda 54-o‘rin). Yil boshidan beri u 2,56 milliard dollarga boyigan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring