BMT Bosh assambleyasi 2023-yil budjetini qabul qildi
BMT Bosh assambleyasining 2022-yildagi eng so‘nggi yig‘ilishida 2023-yilning 3,4 mlrd dollarlik budjeti tasdiqlandi.
Bosh assambleya raisining matbuot kotibi xabar berishicha, yaqinda BMT beshinchi qo‘mitasi tasdiqlagani bois, budjet ovoz berishsiz qabul qilindi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish oktyabr oyida 3,22 mlrd dollar (keyinchalik 3,4 mlrd dollargacha oshirish ko‘zda tutilgan) budjet loyihasini tasdiqlash uchun kiritgandi, deb yozdi tashkilot sayti.
2020-yildan boshlab BMT avvalgi ikki yillik o‘rniga bir yillik budjet rejasiga o‘tgan. Guterrishning aytishicha, ushbu yondashuv resurslarni aniqroq baholash va o‘zgarishlarga tezroq moslashish imkonini beradi.
Tashkilotning 2022-yildagi budjeti 3,12 mlrd dollarni tashkil etgandi. O‘tgan yili BMTga muntazam badalni 193 mamlakatdan 140 tasi to‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter