Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT bosh kotibi: «Dunyo Livanning yana bir G‘azoga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi»

BMT bosh kotibi: «Dunyo Livanning yana bir G‘azoga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi»

Foto: Moskva 24

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish juma kungi bayonotida Isroil va Livanning «Hizbulloh» harakati o‘rtasida ziddiyat keskinlashib borayotganidan juda xavotirda ekanini bildirdi.

Guterrish BMT tinchlikparvar kuchlari vaziyatni tinchlantirish va izdan chiqib ketmasligi ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

«Bir shoshilinch qaror, birgina xato har qanday chegara, hatto tasavvur doirasiga sig‘maydigan falokatga olib kelishi mumkin. Ochig‘ini aytaylik, mintaqa va butun dunyo xalqlari Livanning yana bir G‘azoga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi», — dedi u jurnalistlarga.

Isroilning Haaretz gazetasi yozishicha, Icroil G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarini to‘xtatib, Livan bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda.

Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, Isroil armiyasi bir necha haftadan so‘ng Rafahga hujumlarni to‘xtatib, operatsiya yakunlanganini e’lon qilmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring