Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT budjeti va xodimlari qisqartiriladi

BMT budjeti va xodimlari qisqartiriladi

Foto: Pxhere.com

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning budjeti va xodimlari soni qisqartiriladi. Bu haqda BMTning Moskvadagi axborot markazi direktori Vladimir Kuznetsov ma’lum qildi.

Tashkilotning moliyaviy muammolari qisqartirishlarga olib kelmoqda. Kuznetsovning aytishicha, qisqartirishlar juda og‘riqli va jiddiy bo‘ladi. BMT budjetining taxminan 20 foizi, xodimlar soni esa 15-20 foizga qisqartiriladi.

BMTga muntazam budjet uchun 2,4 milliard dollar hamda tinchlikparvarlik amaliyotlarini moliyalashtirishga 2,7 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ yetishmasligi xavf solmoqda. 2025-yil oxiriga borib, davlatlarning BMTga a’zolik qarzlari 5,1 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Buning oqibatida BMT faoliyatining barcha sohalari yetarlicha moliyalashtirilmay qoladi, insonparvarlik yordami ko‘rsatish sohasi esa eng ko‘p zarar ko‘radi, dedi axborot markazi direktori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring