Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

BMT Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Foto: Polskie Radio

Suriyaga qarshi qo‘llangan sanksiyalarni bekor qilish kerak, chunki ularning oqibati vayronkor, mamlakatdagi siyosiy vaziyat esa o‘zgargan. BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Geyr Pedersen Antalyadagi diplomatik forumda shunday bayonot berdi.

«Suriyadagi siyosiy vaziyat o‘zgardi, yangi hukumat oldingisidan yaxshiroq», — dedi u.

Reuters agentligi 25-mart kuni bergan xabarga ko‘ra, AQSh sanksiyalarni yumshatish evaziga Suriyaga qator shartlarni qo‘ygan.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov RF Suriyaga qarshi sanksiyalar hech qanday shartlarsiz bekor qilinishi tarafdori ekanini aytdi. Uning fikricha, sanksiyalardan Bashar Asad va uning hukumati emas, suriyaliklarga jabr ko‘rdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring