BMT yig‘ilishida Ukraina hududida sodir etilgan harbiy jinoyatlar muhokama qilinmoqda
Bugun, 27-fevral kuni Jenevada BMT Inson huquqlari kengashining yillik sessiyasi ish boshladi. Tadbir kun tartibiga Rossiya urush boshlaganidan buyon Ukraina hududida sodir etilgan harbiy jinoyatlarning tergovi muhokamasi ham kiritilgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘z nutqida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi «biz bugun guvoh bo‘layotgan eng ko‘p huquq buzilishlari»ga olib kelganini, misli ko‘rilmagan o‘lim, vayronkorlik va aholining ko‘chishiga sababchi bo‘lganini ta’kidladi.
Inson huquqlari oliy komissari boshqarmasi erkaklar, ayollar va bolalarga nisbatan o‘nlab jinsiy zo‘ravonliklar sodir etilgani bo‘yicha hujjatlar to‘pladi, dedi Guterrish.
U mamlakatlar hukumatlarini Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (bu yil uning qabul qilinganiga 75 yil to‘ladi)ni hurmat qilishga chaqirdi, ta’kidlashicha, uni suiiste’mol qilish va noto‘g‘ri qo‘llash ko‘p uchramoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter