Bolgariya yo‘qolib ketish xavfi ostida

Bolgariyada aholi soni shiddat bilan kamayib bormoqda — BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi soni 7 million kishi ham chiqmaydi. Holbuki, Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng, 1946-yili Bolgariya aholisi 7 million 29 ming kishidan oshardi, deb yozmoqda «Iz.ru».
«Bu noxush xabar… Bolgariya klinik demografik o‘lim to‘shagida, u o‘lmoqda... Biz dunyodagi eng tez yo‘qolib ketayotgan millatmiz», — deya izoh bergan akademik Petr Ivanov.
Birgina misol ham Bolgariyadagi demografik vaziyatga oydinlik kirita oladi: 29-iyun kuni mamlakatda 120 nafar chaqaloq tug‘ilgan, shu kuni vafot etganlar soni esa 193 kishini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas