Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boltiq dengizida NATO harbiy-dengiz mashqlariga start berildi

Boltiq dengizida NATO harbiy-dengiz mashqlariga start berildi

Foto: «Caliber»

Bugun, 5-iyun kuni Boltiq dengizida NATO mamlakatlarining yirik harbiy-dengiz mashqlari (BALTOPS 2022) boshlandi.

Harbiy o‘quvlarda NATOga a’zo 14 mamlakatdan tashqari, Shimoliy alyansga kirish harakatidagi Shvetsiya va Finlyandiya ham qatnashmoqda.

Jangovar mashqlarga 45 ta harbiy kema, 75 ta samolyot va vertolyot, 7 mingta harbiy jalb etilgan.

16-iyungacha davom etuvchi harbiy-dengiz mashqlari turli bosqichlarda Boltiq dengizining markaziy va janubiy qismlarida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring