Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroqda bombali hujum: 1 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi

Iroqda bombali hujum: 1 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi

Foto:«Thmhaber.com»

Iroqning Kerkuk shahri markazidagi ikkita kafega bombali  hujum uyushtirilishi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Kerkuk politsiya mahkamasi mudiri Ali Kamolning ma’lum qilishicha, Quddus va Bag‘dodyo‘li ko‘chalari kesishgan chorrahadagi ikkita kafega bombali hujum uyushtirilgan.

Noma’lum shaxs bombani kafe eshigi oldiga joylashtirib, uzoqdan portlatgan.

Voqea uchun javobgarlikni hanuz hech qaysi terrorchi guruh o‘z zimmasiga olmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring