Boris Jonson yetti bolali bo‘ldi (foto)
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson oilasida yettinchi farzand dunyoga keldi. Rafiqasi Kerri Saymonds unga o‘g‘il tug‘ib bergandi, endigisi esa qiz.
Siyosatchining oldingi ikki ayolidan besh farzandi bor.
Davlat xizmati va siyosat — oilaviy baxt yo‘lida to‘g‘anoq bo‘la olmasligiga misollar ko‘p.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen — yetti farzandning onasi.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II to‘rt bolani dunyoga keltirgan.
Belgiya qiroli Filippda ham bolalar to‘rt nafar.
Umuman olganda esa, Yevropadagi demografik holat havas qilgulik emas — so‘nggi yillarda tug‘ilish darajasi keskin pasayib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter