Boris Jonsonning o‘rnini kim egallashi mumkinligi ma’lum qilindi

Buyuk Britaniya sobiq moliya vaziri Rishi Sunak mamlakat bosh vaziri lavozimiga nomzodlar orasida yetakchilik qilmoqda.
Bu haqda BBC ma’lumot berdi.
Sunak Konservatorlar partiyasidan nomzodlar orasida 88 ovoz olgan, keyingi pog‘onani Britaniya savdo siyosati vaziri Penni Mordont egalladi. Sobiq mudofaa vaziri va tashqi ishlar vaziri Liz Trass esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Ovoz berishning navbatdagi bosqichi 14 iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Kelasi hafta oxirigacha faqat ikki nomzod finalga chiqadi, shundan so‘ng Konservatorlar partiyasining 160 mingga yaqin a’zosi ulardan birini tanlashi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi hukumat inqirozi fonida hozida vaqtincha bosh vazir bo‘lib turgan Boris Jonson iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Rishi Sunak esa Jonsonning ketishini talab qilgan va lavozimini tark etgan ilk vazirlardan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter