Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Xitoyga tashrif buyurdi

Bosh vazir Xitoyga tashrif buyurdi

Joriy yilning 26-30 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida EKSPO «Xitoy-Yevroosiyo» sakkizinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur EKSPOda faxriy mehmon sifatida Qirg‘iziston Bosh vaziri, Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari, shuningdek, 40 dan ortiq xorijiy hukumatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Bosh vazir boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi mazkur tadbirda qatnashish uchun Urumchi shahriga bordi.

Bugun, 25 iyun kuni Urumchi shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Shuningdek, tashrif doirasida Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ikki mamlakat hukumatlari zimmasiga o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan.

Ayni paytda barcha sohalarda ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatilayotgani, muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston qardosh Qirg‘iziston bilan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdorligi bildirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring