Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bozori chaqqon suratlar. Mashhur rassom nimalarga ishora qilmoqda? (foto)

Bozori chaqqon suratlar. Mashhur rassom nimalarga ishora qilmoqda? (foto)

Igor Morski chizgan surat

Polshalik rassom Igor Morski (Igor Morski) chuqur ramz va teran timsollar aks etgan suratlari, syurrealizm yo‘nalishidagi ijodiy ishlari bilan tilga tushgan. An’anaviy rangtasvir, foto va ko‘p o‘lchamli zamonaviy texnologiyalardan foydalanib yaratilgan suratlarning bozori ham chaqqon: muallifning ijodiy ishlari hali bo‘yog‘i qurimasdan «Newsweek», «Businessweek», «Wprost» kabi jurnallar, nufuzli elektron nashrlarda chop etiladi.

Insoniyatning ochiq yaralari, og‘rib turgan jarohatlari aks etgan suratlarni har bir tomoshabin o‘zicha tushunadi. Siz ham Igor Morski chizgan suratlar mag‘zini chaqib ko‘ring-a, aziz mushtariy!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring