Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyada 15 yoshli yigit buvisining muzlatgichidan o‘lik holda topildi

Braziliyada 15 yoshli yigit buvisining muzlatgichidan o‘lik holda topildi

Foto: The Sun

Braziliyaning Kampo Grande shahrida 15 yoshli Xose Eduardo Rosa buvisining muzlatgichidan o‘lik holda topilgan. Bu haqda The Sun nashri xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘spirinning jasadini 11 yanvar kuni Xosening ishga bormaganidan keyin uni izlashga kelgan 20 yoshli qarindoshi topgan.

«Men yoqimsiz hidni sezgach, muzlatgichni ochib, uni o‘lik holda topdim», degan yigit OAVga.

Bolaning o‘limi sababi hali aniqlanmagan, ammo huquqni muhofaza qilish organlari vakillari qotillik, o‘z joniga qasd qilish yoki o‘g‘irlik ehtimolini rad etishgan.

Hozirda o‘lim sababi o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring