Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyada koronavirus bilan kasallanishlar soni pasaymoqda

Braziliyada koronavirus bilan kasallanishlar soni pasaymoqda

Foto: «Yevraziya. Ekspert»

Kecha Braziliyada 15 454 kishida koronavirus aniqlandi, shunga qaramay, mamlakatda epidemiya avjidan tushayotganini kuzatish mumkin.

Statistikaga ko‘ra, mamlakatda epidemiya avjiga chiqqan pallada kuniga 65-70 minglab bemorlar qayd etilayotgandi. Oxirgi kunlarda ko‘rsatkich o‘rtacha 15-16 mingni tashkil etmoqda. Pandemiyaning eng yuqori cho‘qqisida o‘lim holatlari sutkasiga 1,5 mingtagacha yetgandi, hozir uch baravar kamaygan.

Shuning uchun ham jahon koronavirus o‘choqlari antireytingida Hindiston Braziliyadan o‘tib ketdi. Global pandemiya markazi — AQShda esa koronavirusni yuqtirganlar soni 7 milliondan oshdi.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, Braziliyada kovidga chalinganlar jami soni 4 560 083 nafar, shundan 137 350 nafari vafot etgan, sog‘ayganlar soni — 3 887 199 nafar (85 foiz).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring