Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya qiroli og‘ir kasallik xabaridan so‘ng ilk bor ko‘rinish berdi

Britaniya qiroli og‘ir kasallik xabaridan so‘ng ilk bor ko‘rinish berdi

Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalinganidan keyin birinchi marta omma oldida chiqish qildi. Bu haqida Britaniya telekanallari orqali uzatilgan lavhalar dalolat beradi. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 75 yoshli monarx va qirolicha Kamilla Norfolkdagi Sandringem qirollik mulkida joylashgan Avliyo Magdalalik Maryam cherkoviga tashrif buyurgan. Charlz III uni kutib olgan odamlarga qo‘l silkitib, kanon Pol Uilyams bilan qo‘l berib ko‘rishgan.

Qayd etilishicha, qirol kasal bo‘lishiga qaramay, hujjatlar bilan ishlashda davom etmoqda va har hafta Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan telefon orqali muloqot qiladi.

Bukingem saroyi 5-fevral kuni Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ga saraton kasalligi tashxisi qo‘yilganini rasman e’lon qildi. Yangilik jamoatchilikni hayratda qoldirdi, ayni paytda ambulator davolanishni o‘tayotgan monarxning ahvoli esa ancha ijobiy.

Uning ayrim vakolatlari o‘g‘li shahzoda Uilyamga o‘tgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring