Britaniya Rossiya bilan muhim kelishuvni bekor qildi

Buyuk Britaniya Rossiyaning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish haqida shartnoma tuzish taklifini rad qildi. Bu haqda «Segodnya.ua» sayti xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Londondagi Rossiya elchixonasi xodimlarining xabar berishicha, ingliz maktablarida turli siyosiy so‘rovlar o‘tkazilib, pedagoglar Rossiyaga qarshi chiqishlar qilishmoqda, bu esa rossiyalik o‘quvchilarning ta’lim olishiga xalaqit qilmoqda.
Rossiyalik diplomatlarning xabarlarida aytilishicha, oxirgi ikki yilda Britaniya xususiy maktablarida rossiyalik o‘quvchilar soni keskin kamaygan. Elchixona buning sababini oxirgi yillardagi ikkitomonlama aloqalarning yomonlashgani bilan izohlamoqda.
«Ikkitomonlama aloqalarning yomonlashuvi oqibatida Britaniya xususiy ta’lim muassasalari rossiyaliklar oldida o‘z jozibadorligini yo‘qotmoqda. Rossiyadan kelayotganlar nodo‘stona muhitga tushib qolishdan qo‘rqmoqda va bu qo‘rquvni tushunsa bo‘ladi», — deyiladi elchixona xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter