Britaniyaning «birinchi raqamli dushmani»
Inflyasiya va narxlarning o‘sishi britan jamiyati hayotiga salbiy ta’sirini o‘tkazyapti. Reuters agentligi xabar berishicha, Buyuk Britaniya moliya vaziri Jeremi Hant bunga iqror bo‘ldi.
«Bilaman, hozir ko‘plarga og‘ir, biroq qat’iy qarorlar qabul qilishimiz shart. Bular «birinchi raqamli dushmanimiz» — barchani kambag‘al qiladigan inflyasiyaga qarshi kurashish uchun kerak. Agar hozir noto‘g‘ri tanlov qilsak, yuqori narxlar saqlanib qoladi, millionlab aholi aziyat chekishda davom etadi», — dedi u.
Moliya vaziri iqtisodiy vaziyat tufayli mushkul ahvolga tushib qolgan oilalar va tadbirkorlar chekayotgan zahmatlardan xabardor ekanini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter