Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu Putinga zarba»: xitoylik investorlar Rossiyaga pul tikishdan cho‘chimoqda

«Bu Putinga zarba»: xitoylik investorlar Rossiyaga pul tikishdan cho‘chimoqda

Xitoy bir necha oy davomida Rossiyadagi har qanday yangi infratuzilma loyihalarini moliyalashdan o‘zini tiyib, o‘z mamlakatidagi inqirozning oldini olishga e’tibor qaramoqda, deb yozadi Britaniyaning Daily Telegraph gazetasi.

Shanxaydagi Fudan universiteti tadqiqotchilari ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning «Bir kamar va yo‘l» tashabbusi doirasidagi investitsiyalar 2022 yilning birinchi yarmida 28,4 milliard dollarga kamaygan.

O‘tgan yili  bu raqamlar 29,4 milliard dollarni tashkil etgan. 

Rossiya, Shri-Lanka va Misrdagi loyihalarga mablag‘ ajratilmagan.

Nashrning qayd etishicha, bu uch davlat avvalroq Xitoydan asosiy qarz oluvchilar bo‘lgan. 

Xitoylik sarmoyadorlarning Rossiya bilan bog‘lanishni istamasligi ularning Ukraina bosqinidan keyin Moskvaga qo‘yilgan ikkilamchi sanksiyalardan qo‘rqishidan dalolat beradi, deya yozadi nashr.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring