Buyuk Britaniya — favqulodda holatda!
London kanalizatsiyasida poliomiyelit virusi izlari topilganidan so‘ng, Qo‘shma Qirollik sog‘liqni saqlash agentligi (UKHSA) milliy ko‘lamda favqulodda holat e’lon qildi.
Poliomiyelit virusining bir necha yaqin turi Sharqiy Londonga tutash Bekton shaharchasidagi oqava suvlarni tozalash stansiyasida fevraldan mayga qadar aniqlangan. Bu viruslar «vaksinatalab» ikkinchi toifa polioviruslar (VDPV2) sifatida tasniflandi.
UKHSA epidemiologi Vanessa Saliba: «Bu poliovirus aholisi vaksinatsiya bilan to‘liq himoyalanmagan hududlarda tarqalishi mumkin, virusni yuqtirish kamdan-kam holatlarda falajlikka olib keladi».
«Sky News» telekanali taxminiga ko‘ra, Britaniyaga virusni poliomiyelitga qarshi vaksinani yaqinda qabul qilgan va bu kasallik hamon yengilmagan mamlakatda bo‘lgan odam olib kelgan bo‘lishi mumkin. Bu mamlakatlar, masalan, poliomiyelit to‘liq yo‘q bo‘lmagan mamlakatlar — Nigeriya, Afg‘oniston yoki Pokiston bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Buyuk Britaniyada so‘nggi marotaba poliomiyelit virusi 1984-yilda aniqlangan edi.
Poliomiyelitni davolovchi dori yo‘q, uning oldini olish uchun vaksina qabul qilish kerak, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter