Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tankini sovg‘a qildi

Buyuk Britaniya Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tankini sovg‘a qildi

Buyuk Britaniya Ukrainaga o‘zining 14 ta Challenger 2 tankidan iborat eskadroni sovg‘a qildi. Bu ma’lumot Britaniya qurolli kuchlarining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida tasdiqlandi.

«Buyuk Britaniya Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tankini yubordi. Buyuk Britaniya instruktorlari ukrainalik harbiy xizmatchilarga ushbu tanklarni boshqarish va ulardan jang maydonida foydalanishni o‘rgatdi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, yanvar oyida Buyuk Britaniya bosh vazir Rishi Sunak Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tanki topshirilganini e’lon qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring