Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chad prezidenti saylovda g‘alaba qozonib, vafot etdi

Chad prezidenti saylovda g‘alaba qozonib, vafot etdi

Foto: «Ammar Awad / Reuters»

Chad prezidenti Idris Debi yana bir bor saylovda g‘alaba qozonib, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga asoslanib yozmoqda.

Bugun oltinchi muddatga qayta saylangan siyosatchi Debi 30 yildan ortiq vaqt davomida hokimiyat tepasida. Prezident isyonchilar ustidan qozonilgan g‘alabani frontda nishonlashga qaror qildi, buning uchun u mamlakat shimolidagi urush zonasiga bordi. Biroq isyonchi kuchlar hukumat kuchlariga hujum qilib, Debining yaralanishiga olib keldi. Shifoxonada uning joni uzilgan.

Saylovlar 11-aprel kuni bo‘lib o‘tdi, siyosatchi 79 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, yana bir muddatga saylandi. Debi bu lavozimni 1990-yildan beri egallab kelayotgandi.

Saylov kuni jangarilar Chadga qarshi Liviyadagi bazalaridan (shimol bilan chegaradosh) hujum boshladi. Shu munosabat bilan tez orada AQSh Davlat departamenti Chaddagi elchixonasidan diplomatlar oila a’zolarini chaqirib olayotganini e’lon qildi. 19-aprel kuni mamlakat armiyasi 300 dan ortiq jangarilar yo‘q qilinganligi haqida xabar tarqatgandi.

Chad Afrikadagi jihodchilarga qarshi kurashning asosiy ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Mintaqadagi terrorchilarga qarshi kurashishdan manfaatdor bo‘lgan Fransiya mamlakatda barqaror hukumatni qo‘llab-quvvatlaydi va Debiga hokimiyatni saqlab qolish uchun bir necha bor yordam berganligi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring