Chechenistonda dabdabali to‘y qilish taqiqlandi
Checheniston musulmonlari diniy boshqarmasi respublika rahbari Ramzan Qodirovning topshirig‘iga ko‘ra, mintaqada «To‘y-ma’rakalarni o‘tkazishning majburiy normalari»ni tasdiqlab, «islom va chechen odatlariga to‘g‘ri kelmaydigan ortiqcha narsalarni» taqiqladi.
Bu haqda respublika muftiyatiga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, 50 ming rubllik sep, shuningdek, choy, shakar, qo‘chqor «chechen odatiga ko‘ra o‘zgarishsiz qoladi».
Endi kelinning libosi «islom va chechen odatlari talablariga javob berishi» kerak bo‘ladi. Kelin qalini miqdori «umumiy qabul qilingan chechen normalari doirasida» o‘z xohishiga ko‘ra belgilanishi mumkin.
Kuyov, qaynota, qaynona va boshqalarga qimmatbaho sovg‘alar berish taqiqlanadi. To‘y sovg‘asi sifatida olmosli uzuklar, mo‘ynali kiyimlar, maishiy texnika, kvartiralar berish taqiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter