Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chechenistonlik muammoli yoshlar urushga jo‘natiladi

Chechenistonlik muammoli yoshlar urushga jo‘natiladi

Foto: RBK

Checheniston xavfsizlik bloki rahbar va komandirlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Ramzan Qodirov tartibuzzar muammoli yoshlarni bundan buyon ma’muriy javobgarlikka tortmasdan, yo qamoqqa yoki to‘ppa-to‘g‘ri Rossiya armiyasiga jo‘natish kerakligini aytdi.

Qodirovning ta’kidlashicha, aksariyat chechen yoshlari xalq an’analariga sodiq qolib, o‘zlarini munosib tutishmoqda.

Biroq «qonunlar biz uchun yozilmagan» deb hisoblovchilar ham uchrab turadi. Qanchadan-qancha ogohlantirishlar naf bermadi. Keskin chora ko‘rmasa bo‘lmaydi. 

«Mana shunday yoshlarning tarbiyasi buzuq, mashinasini istagan joyiga qo‘yib ketaveradi, taqiqlangan narsalarni iste’mol qilib rulga o‘tiradi, yo‘l qoidalarini buzadi va hatto bu bilan faxrlanib, turli nizolarni keltirib chiqaradi. Bundan buyog‘iga qonunni hurmat qilmadingmi — yo uzoq muddatga qamalasan yoki shartnomaga qo‘l qo‘yib maxsus harbiy amaliyot zonasiga jo‘naysan. Mardliging, beadabliging va ucharligingni dushmanga ko‘rsat», — dedi Qodirov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring