Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionlar ligasi finali Istanbul g‘aznasiga qancha daromad keltiradi?

Chempionlar ligasi finali Istanbul g‘aznasiga qancha daromad keltiradi?

UEFA Chempionlar ligasi finali joriy yil 10-iyun kuni Istanbuldagi Otaturk nomidagi stadionda o‘tadi. Angliyaning «Manchester Siti» va Italiyaning «Internatsionale» jamoalari g‘oliblik uchun bellashadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, nufuzli futbol bahsi Istanbul g‘aznasiga 75 million yevro foyda keltiradi. Bu haqda Chempionlar ligasiga ko‘p yillardan beri homiylik qilib kelayotgan MasterCard shirkatining Turkiya va Ozarbayjon bo‘yicha direktori Avshar Gyurdal ma’lum qilgan.

Final munosabati bilan 8-11-iyun kunlari Istanbuldagi Yenikapi festivallar maydonida Chempionlar festivali tashkil etiladi. Futbol bayrami bahonasida Istanbulga kelgan shinavandalar tamaddun beshiklaridan sanalgan shahardagi obidalar, muzeylar, san’at galereyalari, madaniyat markazlari, tarixiy bozorlar va nomdor do‘konlarga ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu esa daromad ko‘rsatkichini yanada oshirishi mumkin.

Istanbulning Bashakshehir tumanida joylashgan Otaturk nomidagi stadion 2002-yilda ochilgan bo‘lib, 75 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diradi. Stadion 2005-yilda ham Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring