Cherkovdagi portlashda 27 kishi halok bo‘ldi
Filippinning Xolo shahri yaqinidagi cherkovda sodir bo‘lgan portlash natijasida 27 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Rappler nashri xabar berdi.
Bundan tashqari, 48 kishi jarohat olgan. Portlash ikki marotaba sodir etilgan. Aybdorlar va voqea sababi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq 19 nafar kishi halok bo‘lgani va 7 kishi jarohatlangani ma’lum qilingan. Halok bo‘lganlarning 20 nafari tinch aholi vakillari sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter