Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chernogoriya masalasi Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lishi mumkin

Chernogoriya masalasi Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lishi mumkin

Foto: «Hollywood Reporter»

AQSh rahbari Donald Tramp «Fox News» telekanaliga intervyu bera turib, Chernogoriya masalasi Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi, deya xabar berdi «Gazeta.ru» sayti.

Trapmning so‘zlariga ko‘ra, urush NATOning kollektiv mudofaa tamoyili tufayli boshlanishi mumkin. Alyansga a’zo davlatlardan biriga hujum boshlansa, NATOga a’zo boshqa davlatlar ham urush jarayoniga qo‘shilib ketadi.

Boshlovchi prezidentdan 2017-yili Chernogoriyaning NATOga a’zoligi haqida: «Nima uchun mening o‘g‘lim Chernogoriyaga borib, uni hujumlardan asrashi kerak», – deya so‘raydi.

Tramp ham bu savolni so‘raganini aytgan.

«Chernogoriyaliklar kuchli xalq, hujumkor millat. Ular qattiq g‘azablanishadi va – tabriklayman. Uchinchi jahon urushi boshlanish arafasida», — degan Tramp.

Shuni inobatga olib NATO a’zo davlatlar mudofaasini mustahkamlash uchun xarajatlarini oshirishi kerak.

Avvalroq Tramp rossiyalik hamkasbi bilan o‘tkazilgan uchrashuv NATOnikidan yaxshi bo‘lganini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring