Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chexiyada motam e’lon qilindi

Chexiyada motam e’lon qilindi

Chexiya hukumati 23 dekabrni motam kuni deb e’lon qildi.

Kuni kecha Pragadagi Karlov universitetining falsafa fakultetiga hujum qilgan shaxs o‘qotar quroldan 14 kishini otib o‘ldirgan va 25 kishini yaralagandi. Yaralanganlardan 10 nafarining ahvoli og‘ir. 

Praga meri Boguslav Svoboda hujumchi o‘zini binoning yuqori qavatidan tashlab halok bo‘lganini bildirdi.

24 yoshli hujumchi Karlov universiteti talabasi bo‘lgan. U universitetda o‘q otishdan avval otasini otib o‘ldirgani aytilmoqda.

Otasining jasadi uyi atrofidan topilgan. Hujumchining otasi Praga aeroporti xavfsizlik xizmati xodimi va aeroport kasaba uyushmasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring