Turkiyadagi zavodda portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
Turkiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Sakaryadagi mushaklar ishlab chiqaradigan fabrikada portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar soni olti nafarga yetgani ma’lum qilinmoqda. Bedarak ketganlarni qidirish ishlari davom ettirilmoqda, deya xabar berdi «Hurriyet» gazetasi.
Avvalroq to‘rt kishi halok bo‘lgani va 114 kishi jarohatlangani xabar berilgandi.
«Halok bo‘lganlar soni oltitaga ko‘paydi. Yana bir bedarak ketgan kishini qidirish ishlari davom ettirilmoqda», — dedi gubernator Chetin Oktay Kaldirim.
Avvalroq Kaldirim 114 kishi shifoxonadan chiqarilgani, 8 nafar bemor muolaja olishda davom etayotganini ma’lum qilgandi.
Juma kuni Xendek shahri yaqinida Mushak ishlab chiqaruvchi fabrikada portlash yuz bergan. Sakarya gubernatori Chetin Oktay Kaldirimning so‘zlariga ko‘ra, portlash vaqtida fabrikada 150 — 200 nafar xodim bo‘lgan. Fabrikada portlash sodir bo‘lganda 110 tonna mushak bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter