Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya taxtiga yangi qirol o‘tirdi

Daniya taxtiga yangi qirol o‘tirdi

Daniya qirolichasi Margrete II bugun, 14-yanvar kuni to‘ng‘ich o‘g‘li 55 yoshli Frederik foydasiga taxtdan voz kechish to‘g‘risida imzo chekdi.

Marosim Kopengagenda Davlat kengashi a’zolari – monarx raisligidagi vazirlar yig‘ilishi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Taxtdan voz kechish to‘g‘risidagi imzo mamlakatda hokimiyatning ona qirolichadan o‘g‘ilga – yangi qirol Frederik X ga o‘tishini anglatishiga qaramay, Bosh vazir Mette Frederiksen bu haqda Kopengagendagi Kristiansborg saroyi balkonida biroz muddatdan so‘ng e’lon qiladi.

Daniya politsiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, hokimiyatning almashinuv marosimini nishonlash uchun Kopengagenda 100 mingga yaqin odam yig‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning ilk kunida 83 yoshli Daniya qirolichasi Margrete II 2024-yil 14-yanvarda taxtdan voz kechishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring