Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniyada harbiy xizmat endi ayollar uchun ham majburiy bo‘ladi

Daniyada harbiy xizmat endi ayollar uchun ham majburiy bo‘ladi

1-iyuldan boshlab Daniya fuqarosi bo‘lgan ayollar, agar ular maxsus lotereyada tanlab olingan bo‘lsa, harbiy xizmatga ro‘yxatdan o‘tishlari va armiyada xizmat qilishlari shart.

Harbiy xizmatga chaqirilganda, Associated Press xabariga ko‘ra, har ikki jins vakillarining ko‘ngilli bo‘lganlariga ustunlik beriladi, qolgan o‘rinlar esa harbiy xizmatga majburlar o‘rtasida taqsimlanadi va ularda endi ayollar ham qatnashadi.

Yangi qoidalar kuchga kirgunga qadar ham daniyalik ayollar armiyada xizmat qilishlari mumkin edi, biroq faqat ko‘ngillilar sifatida.

Yangi tartib bilan, shuningdek, muddatli harbiy xizmat muddati ham oshirildi: to‘rt oydan o‘n bir oygacha, shundan besh oyi o‘qishga sarflanadi.

AP, o‘z navbatida, o‘zgarishlar Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi bilan ham bog‘liqligini ta’kidlaydi. Harbiy chaqiruv dasturi rahbari polkovnik Kennet Stromning AP jurnalistlariga aytishicha, chaqiriluvchilar sonini ko‘paytirish mamlakatning jangovar qudratini mustahkamlashga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda Daniyada 4 700 ga yaqin chaqiriluvchi to‘rt oylik majburiy harbiy xizmatni o‘tagan, ularning deyarli to‘rtdan biri (24 foizi) ko‘ngilli ayollar bo‘lgan. Yangi chaqiruv qoidalariga muvofiq, har yili majburiy harbiy xizmatni o‘tayotganlarning umumiy sonini 2033 yilgacha 6 500 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Daniyada, shuningdek, 9 mingga yaqin maxsus lavozimlardagi harbiylar bor.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda Norvegiya, 2017-yilda esa Shvetsiya ayollar uchun muddatli harbiy xizmatni joriy qilgan.

Manba: hxhrkwtayhhvzavy.30dvtsgew7hf.xyz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring