Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada butun bir qishloq katta chegirma bilan sotuvga qo‘yildi

Ispaniyada butun bir qishloq katta chegirma bilan sotuvga qo‘yildi

Foto: «Noticia.ru»

Ispaniya shimoli-g‘arbidagi Asturiya hududida butun bir qishloq sotuvga qo‘yildi. Ikki yil oldin manzilgohni 2,37 million yevroga sotishni niyat qilishgandi. Endi sotuvchi uning bahosini 1,87 million yevroga tushirib, katta chegirma qilishga rozi bo‘lgan, deya xabar berdi «Noticia.ru».

Qishloqning atrofi dala va o‘rmonlar bilan o‘ralgan. Mahalliy uylarning derazalaridan Pikos-de-Europa tog‘ tizmasining go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘lish mumkin. Xaridor 13 gektar yer va umumiy maydoni qariyb ming kvadrat metrdan ziyod binoni qo‘lga kiritadi. Qishloqda jami 12 ta uy bor — aksariyati yaxshi holatda, taxminan 20 yil muqaddam ta’mirlangan.

Bundan tashqari, qishloqda 12 ta qurilish maydoni va katta avtoturargoh joylashgan. Ayni vaqtda manzilgoh 48 nafar sayyohga mo‘ljallangan mehmonxona sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring