Deyarli butun Abxaziya uch soat elektr energiyasisiz qoldi
1-oktyabr kechasi Abxaziyada yuqori voltli «Achguara» elektr liniyasida avariyaviy o‘chish sodir bo‘ldi, deb xabar berdi «Vesti».
Nosozlik bartataraf etilguniga qadar elektr ta’minoti Rossiya hududidan olib turildi. Bu haqda «Chernomorenergo» matbuot xizmati ma’lum qilgan.
«Chernomorenergo» ishchilari tarmoqni tezda ishga tushirishlariga qorong‘u va yomon ob-havo sharoiti xalaqit bergan. Rossiyadan tok uzatilguniga qadar qariyb butun Abxaziya uch soat elektr tokisiz qolgan.
Keng ko‘lamli avariya sabablari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter