Jo Bayden Qur’ondan iqtibos keltirdi
![Jo Bayden Qur’ondan iqtibos keltirdi](http://static.xabar.uz/crop/1/0/720_460_95_1062105663.jpg)
AQSh prezidenti Jo Bayden dunyo musulmonlarini Ramazon oyi boshlanishi bilan tabrikladi.
«AQSh va dunyodagi barcha musulmonlarni Ramazon oyi boshlanishi bilan tabriklayman, barchangizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman», deb yozdi Bayden.
U tabrigida Qur’ondan iqtibos keltirdi: «Kimki zarracha misqol savob bo‘lsa ham qilsa, u Allohning huzurida ko‘radi».
«AQSh Xitoydagi uyg‘urlarning, Myanmadagi arakanlik musulmonlarning huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishda davom etadi. Barcha musulmonlarni Ramazon oyi boshlanishi bilan tabriklayman», — deyiladi AQSh prezidenti tabrigida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter