Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashmoqchi. Trampning jurnalistlar bilan uchrashuvini Oq uyning YouTubedagi rasmiy kanali translyasiya qildi.
Tramp bir qator yangi farmonlarni imzolash marosimida jurnalistlarning savollariga javob berarkan, o‘z rejalari haqida ma’lum qildi.
«Bir kuni u bilan uchrashamiz. Bu rejamda bor», — Tramp KXDR va Kim Chen Inga haqidagi savolga javob berarkan.
U Kim Chen In bilan munosabatlari juda sozligini, uni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilishini aytdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashuvida Vashington KXDR va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish ustida ishlashini aytgandi.
Ma’lumot uchun: 2018-yil iyunida Singapurda tarixda birinchi marta AQSh-KXDR sammiti o‘tkazilgandi. Donald Tramp va Kim Chen In uchrashuvi yakunida qo‘shma hujjat qabul qilingandi. O‘shanda Pxenyan Vashington tomonidan xavfsizlik kafotlatlanishi evaziga yadrosizlanish majburiyatini olgandi.
2019-yil fevralida Xanoy (Vetnam)da ikkinchi sammit o‘tkazilgan. Tramp va Kim bir nechta, jumladan yuzma-yuz uchrashuvdan so‘ng, bir to‘xtamga kelisha olmagan va qo‘shma hujjatga imzo chekishmagan.
2019-yil 30-iyunida KXDR va Koreya Respublikasi chegarasidagi demilitarizatsiya zonasida Tramp va Kim Chen Ining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. 2019-yil 5-oktyabrida AQSh va KXDR vakillari Shvetsiyada ishchi darajada uchrashishgan, ammo muzokaralar samara bermagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter