Donald Tramp to‘rt yil avvalgi xatosi haqida gapirdi
Sobiq davlat rahbari va AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan respublikachilar nomzodi Donald Tramp to‘rt yil avvalgi saylovda yutqazganidan so‘ng Oq uydan ketib xato qilganini aytdi. Tramp Pensilvaniya shtatida tarafdorlari qarshisidagi chiqishida shundan so‘z ochdi.
Tramp 2020-yilda AQSh prezidenti lavozimini tark etmasligim kerak edi, deb ta’kidladi. Aytishicha, uning davrida mamlakatda «hamma ishlar ajoyib» bo‘lgan, o‘sha ma’muriyat barcha muammolarni hal eta olgan, Qo‘shma Shtatlar o‘z tarixidagi eng xavfsiz davlat chegarasiga ega edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter