Donald Tramp Xitoyga nisbatan sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Gonkongdagi «kamsituvchi harakatlar» munosabati bilan Xitoyga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda u 14-iyul kuni Oq uydagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Bugun men Gonkong aholisiga nisbatan kamsituvchi harakatlari uchun Xitoyni javobgarlikka tortish uchun qonun loyihasi va ijro etuvchi farmonga imzo chekdim», – dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Kongressi tomonidan avvalroq ma’qullangan qonun loyihasi Gonkongdagi vaziyatga aloqador xitoylik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalarni joriy qilishni nazarda tutadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter