Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp yana bir judolikka uchradi

Donald Tramp yana bir judolikka uchradi

Trampning opasi, sudya Merienn Tramp Barri 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda New York Times nashri xabar berdi.

«Barri Manxettenning Sharqiy tomonidagi uyida vafot etdi», deb yozadi gazeta.

Manbalar o‘lim sabablarini oshkor etmagan.

Merienn Tramp Barri 2019 yilgacha Nyu-Jersida federal sudya bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, Tramp tez-tez opasining fikrini tinglagan, biroq ularning jiyani Meri Tramp sobiq prezidentning opasi tanqidiy fikrlar bildirgan audioyozuvlarni e’lon qilganidan keyin ularning munosabatlari buzilib ketgan.

So‘nggi bir necha yil ichida Tramp bir qancha yo‘qotishlarga uchragan. Uning ukasi Robert 2020 yilda, birinchi rafiqasi Ivana esa 2022 yilda vafot etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring