«Do‘zax qudug‘i»: Mosuldagi IShID qurbonlarining jasadlari eksgumatsiya qilina boshladi
Iroqning Mosul shahri Talafar tumani yaqinida joylashgan va teror tashkiloti IShIDning qo‘l ostida bo‘lgan hududdagi jamoa qabristonidan 2014-2017 yillar oralig‘ida o‘ldirilgan va barchasi talafarlik turkmanlar ekanligi taxmin qilingan fuqarolarning jasadlarini eksgumatsiya qilish ishlari boshlandi.
Yillar davomida bedarak yo‘qolgan qarindoshlaridan biror bir xabar ololmagan minglab Iroq turkmanlari yaqinlarining jasadlarini IShIDning «qirg‘in chuquri»dan olib chiqilishini kutmoqda.
Chuqurligi 100 metrdan oshiq, mahalliy xalq tomonidan «Allav Anter» – «Do‘zax qudug‘i» nomi bilan tanilgan mazkur chuqur Talafar tumanidan taxminan 10 kilometr janubda joylashgan.
IShID 2014-yil 9-iyun kuni hududni o‘z nazorati ostiga olganidan keyin minglab odamlarni qatl qilib, ushbu chuqurga tashladi.
Turkmanlarning xabar berishicha, IShID tomonidan o‘g‘irlab ketilgan qarindoshlari ushbu chuqurga tashlangan va oqibatlari nima bo‘lganligi ma’lum bo‘lmagan.
Turkman muassasalari, uyushmalari va nodavlat tashkilotlari tashabbusi bilan 10 yildan keyin Iroq hukumati tomonidan bu katta qabr ochildi va jasadlar eksgumatsiya qilina boshladi.
Turkmaneli Hamkorlik va madaniyat jamg‘armasi rahbari Turhan Ketene, «Anadolu» agentligi muxbiriga bergan bayonotida, IShID tashkiloti tomonidan katta qabrga aylantirilgan bu chuqurda 1000 dan ortiq Talafar turkmanining jasadi borligini bildirdi.
Ketene, IShID tashkiloti 2014-2017 yillari orasida hududni nazorat ostiga olganligini, Talafardan minglab turkmanni o‘g‘irlab ketganini va ularning taqdiri haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini bildirdi.
Hukumat xodimlariga 6 yil avval chuqurning katta qabr ekanligini ma’lum qilgan Ketene, yaqinda boshlangan jasad qoldiqlarni olib chiqish jarayonining davom etishini bildirib o‘tdi.
IShIDning bu yerda insoniyatga qarshi ommaviy qotillik qilganini eslatgan Ketene, shuningdek, Xalqaro inson huquqlari deklaratsiyasiga ko‘ra jasadni qazib chiqarish ishlarining to‘xtatilmasligini va yo‘qolgan minglab insonning jasadlarining eng qisqa vaqt ichida olib chiqilishini yana bir bor ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter