Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubayda balandligi 274 metr bo‘lgan sun’iy Oy quriladi

Dubayda balandligi 274 metr bo‘lgan sun’iy Oy quriladi

Kanadalik tadbirkor Maykl Xenderson Dubayda 30 metrli bino ustiga Oyning 274 metrli nusxasini qurmoqchi.

Central News Service nashriga ko‘ra, MOON deb nomlangan ushbu ko‘chmas mulk loyihasining qiymati besh milliard dollarni tashkil etadi.

Oyning ichida 4 000 xonali mehmonxona, 10 000 o‘rinli arena, tungi klub va sog‘lomlashtirish markazi joylashgan kurort bo‘ladi.

Lekin bu hammasi emas. Xendersonning loyihasi mehmonlarga oyda sayr qilish tajribasini beradigan «oy koloniyasi»ni o‘z ichiga oladi. Butun MOON strukturasi dumaloq poydevorga o‘xshash binoda joylashgan bo‘lib, tunda yorqin porlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring