Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy odami o‘zgardi

Dunyoning eng boy odami o‘zgardi

Amazon asoschisi Jeff Bezos dunyo boylari reytingida peshqadamlikni Tesla bosh direktori Ilon Maskga topshirdi. Bu haqda Forbes Real-Time nashri hisob-kitobida ma’lum qilindi.

Maskning boyligi 1,89 foizga o‘sdi va hozirda 203,4 milliard dollarga baholanmoqda. Ikkinchi o‘rinda Bezos (197,7 milliard dollar), uchinchi o‘rinda Louis Vuitton Moet Hennessy asoschisi Bernard Arno (175,7 milliard).

Bloomberg ma’lumotlarida ham milliarderlar reytingida Mask yetakchi o‘rinni egallab turibdi.

Tesla aksiyalari Mask boyligining katta qismini tashkil qiladi. 27-sentyabrdagi savdolar natijasida ular deyarli ikki foizga qimmatlashdi va har bir aksiya uchun 790 dollarni tashkil etdi.

28 sentyabrdagi savdolar chog‘ida qimmatli qog‘ozlar ko‘tarilishda davom etdi va har bir aksiya uchun 791,36 dollar narx belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring