Dunyoda 300 millionga yaqin inson ochlik xavfi ostida – global inqiroz haqida tahliliy hisobot e’lon qilindi

2024 yilda urushlar, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy inqiroz va gumanitar yordamlar qisqarishi tufayli dunyo bo‘ylab oziq-ovqat xavfsizligi jiddiy tahdid ostida qolmoqda. «The Guardian» nashri xalqaro tahlillarga asoslangan holda, bu holat 300 millionga yaqin insonning ochlik xavfiga uchrashiga sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘ylab 13,7 million kishi surunkali oziq-ovqat tanqisligiga duch kelgan. «Kuchli oziq-ovqat tanqisligi» darajasidagi insonlar soni esa 295,3 million nafarga yetgan — bu 53 mamlakat aholisining 22,6 foizini tashkil etadi. Ulardan 95 foizdan ziyodi G‘azo sektori va Sudanda yashaydi.
Sudanda fuqarolar urushi oqibatida rasmiy ocharchilik holati qayd etildi. Bu davlatda 24 milliondan ziyod aholi oziq-ovqat yetishmasligidan aziyat chekmoqda. G‘azo sektorida esa otishmalar to‘xtashiga qaratilgan kelishuv buzilishi, o‘tish nuqtalari yopilishi va gumanitar yordam blokada qilingani bois 2,1 million aholi ochlikning «kritik xavfi» ostida qolgani qayd etilmoqda.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Myanma, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi kabi 19 davlatdagi qurolli to‘qnashuvlar ham oziq-ovqat xavfsizligini yanada yomonlashtirmoqda. Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi tufayli Efiopiya, Keniya, Somali, Afg‘oniston va Pokistonda qurg‘oqchilik xavfi yuqori darajada qolmoqda.
Bundan tashqari, «USAID» tomonidan moliyalashtirishning to‘xtashi oqibatida Sudan, Yamayka va Gaiti kabi davlatlarda 14 milliondan ziyod bolalar oziq-ovqat xizmatlarisiz qolgan. Bu esa ularning qashshoqlik va o‘lim xavfini yanada oshirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter