Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng mukammal pasport qaysi davlatga tegishli ekani aniqlandi

Dunyodagi eng mukammal pasport qaysi davlatga tegishli ekani aniqlandi

Foto: TripMyDream

«Henley» pasport indeksiga ko‘ra joriy yilda Yaponiyaning pasporti eng mukammal hujjat sifatida qabul qilindi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Yaponlar 227 ta yo‘nalishdan 189 tasiga vizasiz kira olishar ekan. Ikkinchi o‘rinni Singapur va Germaniya band etdi. Bu davlatlar fuqarolari 188 ta yo‘nalishga vizasiz sayohat qilishlari mumkin.

Uchinchi o‘rin Janubiy Koreya, Finlandiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va Shvetsiyaga nasib etdi.

«Henley» pasport indeksi Xalqaro havo transporti uyushmasi(IATA)ning maxsus ma’lumotlariga tayanadi.

Indeksda 199 ta davlatning pasporti 227 ta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring