Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng qimmat 20 ta ayollar sumkasi. 3,8 million dollarga sumka olarmidingiz?

Dunyodagi eng qimmat 20 ta ayollar sumkasi. 3,8 million dollarga sumka olarmidingiz?

Tinib-tinchimas dizaynerlar yildan-yilga har xil turdagi sumkalarni yaratadi-ki, ko‘rib boshingiz aylanib ketadi, puli ham otning kallasidek. Ammo ayollar baribir sotib olaveradi. Xo‘sh, dunyodagi eng qimmat sumkalar bilan tanishishni xohlaysizmi? Unda ketdik!

 Tungi olmos sumkasi

4517ta olmosni o‘zida jamlagan ushbu sumka romantikani xush ko‘radigan ayollar uchun ishlab chiqarilgan. Og‘irligi 381,92 karat, 105 ta sariq, 56 pushti va 4365 ta rangsiz olmosdan tashkil topgan. 10 nafar yuqori malakaga ega hunarmandlar ushbu go‘zallikni yaratish uchun taxminan 8800 soat vaqt sarflashgan. Ginneslar rekordi kitobi ham aynan ushbu sumkani eng qimmatbaho sumka ekanligini tasdiqlagan. Muavad 1001 tungi olmos sumkasi jahonga mashhur zargar Robert Muavad tomonidan 3,8 million dollarga baholangan.

 Oltin atirgul sumkasi

Ushbu hashamatli sumka Hermes modalar uyi tomonidan va dizayner, zargar Per Hardi bilan hamkorlikda dunyo bo‘yicha atiga 12 ta nusxada ishlab chiqarilgan. Ajoyib detalli ushbu sumka timsoh terisini eslatadi. Unda 1160 ga yaqin olmos bor. Lekin hajmi juda ham kichkina, hatto bitta ko‘zoynak ham sig‘maydi. Shunga qaramasdan narxi dizayner tomonidan 2 million dollar qilib belgilangan.

Hermes brendi sumkasi

Hermes brendi sumkasi yapon dizayneri Ginza Tanaka tomonidan yaratilgan. Ushbu hashamatli sumka 2000 ta yaltiroq olmos bilan bezatilgan. Uning qiymati 1,9 million dollarni tashkil qiladi.

«Kleopatra Clutch» sumkasi

Ushbu sumka Shimoliy Italiyadagi malakali hunarmandlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Tabiiy pushti, ko‘k olmos va boshqa qimmatbaho  noyob toshlar bilan bezatilgan. Toshlar mukammal tarzda joylashtirilgan. Ushbu hashamatli sumka 400 000 dollar turadi.

Nil timsohi sumkasi

Ushbu sumka dunyoda eng kam uchraydi. Bularning barchasi dizaynning ajoyib mato materiallari bilan noyob aralashmasi tufaylidir. Nil timsohi sumkasi ulug‘vor va ajoyib qorli Himoloylarga juda o‘xshash gradatsiyaga ega. Ushbu sumka 468 000dollardan qimmat turadi.

Fuchsia sumkasi

Hermes Birkin sumkalari mukammallik bilan raqobatlashayotganga o‘xshaydi. Ushbu fuchsia sumkasi qaraganingizdan so‘ng porlaydi. Ushbu dizayner sumkasi 18 karatli oq oltin va olmos bilan ishlangan. Fuchsia sumkasi 1,72 million dollarga baholangan.

Timsoh terisidan yana bitta sumka

Ushbu sumka Hermesning yana bir ajoyib ijodi bo‘lib, insoniyat ko‘rgan eng qimmat sumkalardan biridir.

 U qizil rangda bo‘lganligi uchun ajralib turadi va diqqatni tortadi. Uning narxi 203 150 dollarni tashkil qiladi.

Moviy timsoh Hermes Birkin sumkasi

Ushbu Moviy timsoh Hermes sumkasi mutlaqo ekzotikdir. Moviy rang – bu shunchaki mukammallik. Hatto uni dunyodagi eng mashhur va hashamatli sumkalardan biri ekanligini ayollar tan olishgan.

U dunyodagi eng qimmat 10 ta qimmatbaho sumkalar qatoriga kiradi, narxi 185 250 dollar.

 «Urban Satchel» sumkasi

Munozaralarga sabab bo‘lgan eng qimmat  sumkalardan biridir.

Unda g‘ayrioddiy ko‘rinish bor. Sumkaning narxi 154 376dollarni tashkil etadi.

 Leyber qimmatbaho atirgul sumkasi

Gap shundaki, ushbu dizaynerning ishi hali ham eng qimmat sumkalardan biri hisoblanadi. Leyber qimmatbaho atirgul sumka   yagona tur bo‘lib, bu uni yanada noyob qiladi. Ushbu ijodda 1106 olmos, 1169 sapfir va 800 turmalin mavjud bo‘lib, ular uni dunyodagi eng qimmat aksessuarlardan biriga aylantirdi.

Narxi 92 000 dollarni tashkil qiladi.

Fendi Selleria sumkasi

Ushbu brend bizni hayratga soladi. Uning yorqin ranglari, murakkab detallari va hatto nafis matolari ham sumkani boyitgan. Bularning barchasi siz uchun maxsus yaratilgandek tuyuladi. Dizaynerning noyob mahorati va detallarga bo‘lgan e’tibori uni klassik dizaynerlar sumkasi sifatida ajratib turadi. Uning narxi 38 000 dollar.

 Gadino sumkasi

Ushbu sumka dastlab juda oddiy ko‘rinadi. Ammo diqqat bilan qarasangiz, undagi oq olmoslarni ko‘rasiz. Oq olmos va oq oltin – bu sumkani qimmat qiladigan narsa. Ushbu sumkaning narxi 38 470 dollarni tashkil qiladi.

Hermes Alligator Konstans

Ushbu sumka ekzotik alligator terisidan qilingan. Aynan shu omil uni hayajonli, jozibali qiladi va shuningdek, juda boyitadi. O‘lchami 18 sm gacha va narxi 13 200 dollarni tashkil qiladi.  

Alligator  sumkasi

Ushbu sumka o‘ziga xos tarzda ajoyib. Unda alligator terisidan yasalgan yuqori tutqich mavjud. Uning intereri keng va o‘zgaruvchan yopilish xususiyatiga ega. Ushbu sumka narxi 51 129 dollar.

Xuddi shunday yana bir sumka Moreau Pairs Diligencye Crocodile Satchel sumkasi. Ushbu sumka katta cho‘ntak va ikkita kichik yon cho‘ntaklarga ega. Tutqichlar timsoh terisi bilan qoplangan, bu sumkaning ko‘rinishini boyitadi. Ushbu sumka Fransiyada ishlab chiqarilgan va uning narxi 44 000 dollarni tashkil qiladi.

Bu bir-biridan ajabtovur sumkalar har bir ayolni o‘ziga rom etmasdan qo‘ymaydi. To‘g‘ri, narxi juda qimmat, lekin ushbu sana’t asari jahonning eng durdona dizaynerlik namoyonlaridir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring