Dunyodagi eng yirik sayyohlik kemasida yong‘in chiqdi
Dunyodagi eng yirik sayyohlik kemasi — Icon of the Seas Meksikaning Kosta-Mayya portida turgan payti yong‘in chiqdi, deya xabar berdi Royal Caribbean Cruises. Kema 25-iyun kuni portga kelib to‘xtagandi.
Keyinroq kema bortida elektr ta’minoti uzilib qolgan.
«Kemada yong‘in sodir bo‘lib, elektr qisqa muddatga o‘chganini Royal Caribbean Group vakili tasdiqladi. Biroq barcha xavfsizlik choralari ko‘rilib, yong‘in tezda o‘chirilgan», — deyiladi Royal Caribbean blog portali xabarida.
Yong‘in chiqqanida kema bortida yo‘lovchilar va kema ekipaji bo‘lgan, jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Kemada tok yo‘qolishi bir soatgacha davom etgan, uning ayrim joylarida elektr ta’minoti 20 daqiqa ichida tiklangan.
«Bu so‘nggi paytlarda Icon of the Seas bortida elektrning ikkinchi marta uzilishi. 19-may kuni, kema dengizda payti ham elektr uzilib qolgandi», — deyiladi Cruise Hive xabarida.
Hodisaga guvoh bo‘lganlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlari olgan videotasvirlarni tarqatishmoqda, ularning birida kema minoralaridan biridan tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin.
Yaqinda ushbu kemaning bir yo‘lovchisi suvga tushib ketib halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter