Dunyodagi eng yirik «shinalar qabristoni» yonib ketdi (video)
Kuvaytda dunyodagi eng yirik «shinalar qabristoni» yonib ketdi. «360» telekanali xabarida avtomobil shinalari chiqindixonasi 600 ming kvadrat metr maydonni egallab yotgani aytiladi.
Taxminan 52 millionta yaroqsiz shina, juda katta maydon... hatto fazoda ko‘rinadi.
Yong‘in chiqqan joyda osmonga qop-qora zaharli tutun ko‘tarilmoqda.
Kuvayt atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqarmasi 2020-yilning noyabridan beri eski pokrishkalar utilizatsiyasi muammosiga yechim qidirmoqda. Chunki bu yerga shinalar tashlanayotganiga 30 yildan oshdi. Ekologiyaga zarari katta. Kamiga tez-tez yong‘inlar chiqib, muammoni yanada chuqurlashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter