Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoga mashhur ko‘prik buzilib qoldi

Dunyoga mashhur ko‘prik buzilib qoldi

Foto: «Planetofhotels.com»

Shanba kuni Londonda Tauer ko‘prigida mexanik buzilish qayd etildi, avtomobillar va yo‘lovchilar harakati to‘xtatildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dan keyin (21:00 tv) London politsiyasi Tauer ko‘prigi nosozligi haqida ma’lum qilgan.

«Tauer ko‘prigi ayni vaqtda mexanik nosozlik tufayli transport va yo‘lovchilar uchun yopildi. Hozir mexaniklar ko‘prikni tuzatishga harakat qilishyapti», — deya xabar berdi politsiya matbuot xizmati «Twitter»da.

Ma’lum vaqtdan so‘ng ko‘prik yo‘lovchilar uchun ochilgan, lekin transport harakati baribir bloklangan.

«Bugun kunning ikkinchi yarmida ko‘prik faoliyatida texnik muammolar kelib chiqdi va ma’lum vaqtga u ko‘tarilgan holatda qolib ketdi. Hozir u yana ochiq», — deya izohlanadi ko‘prik ishiga bag‘ishlangan «Twitter»dagi rasmiy akkauntda.

OAVning xabar berishicha, ko‘prik orqali harakat bir soatdan ortiq to‘xtatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring