Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy 25 odami bir yilda 200 milliard dollar yo‘qotdi

Dunyoning eng boy 25 odami bir yilda 200 milliard dollar yo‘qotdi

O‘tgan yil davomida 254 kishi milliarderlik maqomini yo‘qotgan, qolgan 2640 nafar milliarder esa jami 500 milliard dollar yo‘qotgan.

Eng ko‘p jabr ko‘rgan milliarderlar orasida bir yil ichida 57 milliard dollar boyligini yo‘qotgan Amazon kompaniyasi rahbari Jeff Bezos ham bor.

Ilon Mask jabrlangan ikkinchi milliarder bo‘ldi, uning boyligi 39 milliard dollarga kamaydi. Tesla AQShdan tashqaridagi eng yirik bozori bo‘lgan Xitoydagi qattiq cheklovlar tufayli iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bundan tashqari, 350 000 dan ortiq Tesla avtomobillari dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolar tufayli qaytarib olingandi.

Bundan tashqari, Ilon Maskning boyligiga Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olgani ham ta’sir ko‘rsatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring