Dunyoning eng boy shaharlari aniqlandi

Henley & Partners kompaniyasi dunyoning eng boy shaharlari reytingini e’lon qildi.
Juda boy 384 500 kishi yashovchi Nyu-York (AQSh) ushbu reytingni boshqarmoqda. Mana shu salkam 400 ming kishining «eng kambag‘ali» 1 mln dollarga ega. Ro‘yxatdagilarning 66 nafari — milliarderlar.
San-Fransisko «Kremniy vodiysi» bilan birgalikda ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Bu shaharda 342 000 kishi rasman boy yoki millioner sanaladi, milliarderlar soni esa 82 nafar (Nyu-Yorkdan ham oldinda).
Boy shaharlar (top-10):
- Nyu-York (millionerlar — 384 500 nafar, milliarderlar — 66 nafar)
- San-Fransisko (342 000 / 82)
- Tokio (292 300 / 18)
- Singapur (242 400 / 30)
- Los-Anjeles (220 600 / 45)
- London (178 000 / 23)
- Parij (160 100 / 22)
- Gonkong (154 900 / 40)
- Sidney (152 900 / 22)
- Chikago (127 100 / 25).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter