Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari aniqlandi

Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari aniqlandi

Foto: Instagram/qatarairways

Britaniyaning Skytrax marketing kompaniyasi so‘rovi asosida jahon aviakompaniyalarining 2025-yilgi reytingi (World Airline Awards 2025) tuzildi, deb xabar berdi Daily Mail.

Qatar Airways 9-marta dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topildi.

Ikkinchi o‘rinda — Singapore Airlines. Cathay Pacific Airways (Gonkong) beshinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Emirates (BAA) — to‘rtinchi, ANA All Nippon Airways (Yaponiya) — beshinchi o‘rinda.

Shuningdek, yetakchi o‘nlikka Turkish Airlines, Korean Air, Air France, Japan Airlines va Hainan Airlines (Xitoy) kirdi. Tayvanning EVA Air va Shveysariyaning Swiss International Air Lines aviakompaniyalari top-10dan chiqib ketdi.

Manba: Skytrax
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring